Pensiya tizimida yangi nafaqa va yangi xizmat turi yaratildi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan 2022 yil 1 apreldan e’tiboran o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etildi.

Bunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga elektron tarzda taqdim etib boradi.

Ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi:

- davlat xizmatlaridan foydalanish haftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda YaIDXP orqali murojaat etishlari mumkin;

- davlat xizmatlari ko‘rsatish yoki rad etish 5 soniyada amalga oshiriladi;

- davlat xizmatlari ko‘rsatilishida Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirok etmaydi.