May oyi uchun pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 7 aprelda “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiya va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, 2022 yilning 1 mayidan boshlab barcha turdagi davlat pensiyalarini byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan to‘lanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilindi.
Viloyatda jami 438 583 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilardan 150927 nafari pensiya va nafaqa pullarini plastik kartalari orqali oladi. Ularga may oyining 1 sanasida 155190,4 mln. so‘m mablag‘ may oyi uchun plastik kartalariga tushirib berildi. Shu jumladan, 1 foiz miqdoridagi qo‘shimcha to‘lov uchun 1551.9 mln. so‘m mablag‘ ham plastik kartalarga tushirilgan.
Misol uchun, yoshga doir pensioner plastik karta orqali pensiya pullarini oladi, uning may oyida oladigan pensiya miqdori 1 mln. 550 ming so‘mni tashkil qiladi. Unga pensiya pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov qo‘shib beriladi (1 mln. 550 *1 % =10 ming 550 so‘m) va unga may oyida 1 mln. 560 ming 550 so‘m plastik kartasiga tushirib beriladi.
J.Muzrobov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.