Pentagon rahbari AQSh Iroqdagi missiyasini yil oxirida yakunlashini tasdiqladi
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin kecha, 20 noyabr iroqlik hamkasbi Juma Inad bilan uchrashuvda AQShning Iroqdagi harbiy missiyasi joriy yil oxirigacha yakunlanishini tasdiqladi, dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi.
"Vazir AQSh kuchlari Iroq hukumatining taklifiga binoan Iroq xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Iroqda qolishini yana bir bor tasdiqladi. AQSh 2021 yil iyul oyidagi, jumladan, Iroqda yil oxirigacha jangovar vazifalarini bajaruvchi AQSh kuchlari qolmasligi majburiyatlarini bajaradi", dedi Kirbi yozma bayonotda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar AQShning Iroqdagi harbiy missiyasining keyingi bosqichi - "Islom davlati" terrorchilik guruhiga qarshi kampaniya doirasida Iroq harbiylari bilan "maslahat, yordam va razvedka ma’lumotlari almashinuvi"ga e’tibor qaratishi muhokama qilindi.
Pentagon rahbari, shuningdek, yaqinda Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy qarorgohiga uyushtirilgan hujumni qoralab, arab mamlakati yangi hukumatining keyingi shakllanishi tinch yo‘l bilan o‘tishiga umid bildirdi.
Ikki davlat mudofaa vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi har yilgi Bahraynda o‘tkaziladigan “Manama dialogi” mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.