Poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda poyezd bilan to‘qnashgan "Gazel" hodisasi aks etgan video tarqaldi.

Ushbu hodisa bo‘yicha IIV rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 6 fevral soat taxminan 15.30 larda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani Mehnatobod ko‘chasi 2-uyda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Xaytboyev Markus Maqsudovich boshqaruvida bo‘lgan “GAZ-3302” rusumli, davlat raqam belgisi 01 031 AFA bo‘lgan avtoulovni Yangiyo‘l tumani, Chortoq mahallasi, Chortoq ko‘chasi orqali Sirg‘ali tumani tomonidan Toshkent halqa avtomobil yo‘li tomonga harakatlanib kelayotgan bo‘ladi.

U shu yo‘lning temir yo‘l kesishmasi kesishgan chorrahasidan Chirchiq daryosi tomonidan, Zangiota tumani yo‘nalishiga harakatlanib kelayotgan mashinist, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Ittifoq mahallasi, Saxovat ko‘chasi, 134-uyda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Saparaliyev Aset Abdusamatovich boshqaruvidagi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli “TEM-2” rusumli, 3091-raqamli teplovoz oldida harakatlanib kelayotgan beton plita ortilgan vagon platformasiga urilgan.

Tan jarohati olganlar yo‘q, “GAZ-3302” avtomobilining salon va kuzov qismi shikastlangan.