Polsha Belarus bilan chegarada askarlar sonini ikki baravar oshirib, panjara quradi
Polsha Belarus bilan chegarani qo‘riqlayotgan askarlar sonini ikki mingga oshiradi, dedi dushanba kuni jurnalistlarga Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak.
Avvalroq Mudofaa vazirligi Belarus chegarasidagi chegarachilarga yordam berish uchun ming nafar askar yuborgan edi.
“Tez orada biz chegarada xizmat qilayotgan askarlar sonini ikki baravarga oshiramiz”, dedi Blashak.
Hozirgi vaqtda Belarus va Polsha chegarasida Podlyask sarkardaligidagi Usnaj Gurniy qishlog‘i yaqinida o‘nlab noqonuniy muhojirlar blok bo‘lgancha qolmoqda. Muhojirlar noqonuniy ravishda Polshaga kirishga harakat qilishgan. Polsha va Belarus chegarachilari ularni kordonlar bilan o‘rab olishdi va hech qaysi davlatga kirishiga imkon berishmadi. Polsha tomoni muhojirlar neytral hududda emas, balki Belarus hududida ekanligini ta’kidlamoqda.
Yaqin kelajakda Belarus-Polsha chegarasida 2,5 metr balandlikdagi panjara paydo bo‘ladi, dedi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak va polshalik harbiylarning chegarani himoya qilishda ishtiroki tafsilotlarini oshkor qilishga va’da berdi.
Avvalroq, “Sputnik” radiosi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polshani chegara mojarosida ayblagani haqida xabar qilgandi.