Pomidor va qalampirda rostdan virus aniqlandimi?

Yaqinda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning ayrim hududlarida yetishtirilgan pomidor va qalampirda virus aniqlangani tufayli Rossiya bozorlariga kiritilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

Xo‘sh, bu qanday virus, uni oldini olish uchun nima qilish kerak?

Bu pomidor tuganaklaridagi jigarrang bujmayish virus kasalligi. Kasallikka chalingan o‘simlikning zararlangan barglarining bandi pastga qarab qiyshayadi. Poya va barglardagi zararlangan joylar yashil, namlik bilan to‘yingan noaniq shakldagi yirik dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘larning o‘lchami ortib boradi, jigarrang tusga kiradi va qog‘ozsimon bo‘lib qoladi. Mevalardagi zararlangan joylar esa qattiq noaniq shakldagi katta jigarrang-yashil dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. Mevadagi bunday zararlangan joyning yuzasi dag‘al, moysimon ko‘rinishga keladi.

Bu virusli kasallik birinchi marta 2015 yilda Iordaniya va Isroilda qayd etilgan. Pomidor va qalampirga asosan zarar yetkazadi. Tobamovirus turiga mansub virus juda tez tarqalish xususiyatiga ega. U o‘simlik barglarida mozaikalarni hosil qiladi, barglar o‘z holatini o‘zgartiradi, mevalarda jigarrang, ajinli dog‘lar paydo bo‘ladi. Mevalar rangsizlanadi, barglar deformatsiyalanadi.

Issiqxonalarda ekilgan pomidor maydonlarida mavsum davomida o‘simlik barglarida deformatsiyalar hosil bo‘lib, mevalarida kuchli jigarrang xloroz belgilari paydo bo‘ldi.

Pomidor jigarrang virus kasallik alomatlari pomidor naviga qarab yengil va og‘ir bo‘lishi mumkin. Kasallikning yengil ko‘rinishida mozaikalar hosil bo‘ladi, barglar rangi o‘zgaradi. Kasallikning og‘ir ko‘rinishida esa mevalarda jigarrang ajin va dog‘lar hosil bo‘lishi barobarida mevalarning sarg‘ayib ketishi hamda barglar holati o‘zgarishi mumkin.

Kasallik urug‘lar, virus bilan ifloslangan asboblar, kiyimlar, mexanik vositalar orqali tarqaladi. Changlanish vaqtida ham tarqalishi mumkin. Jigarrang virus kasalligiga chidamli pomidor navlari shu kungacha aniqlanmagan.

ToBRFV virusi pomidorga yuqori darajada zarar keltirishi tufayli pomidor yetishtiruvchilar uchun katta iqtisodiy zarar keltiradi.

Endi yuqoridagi ma’lumotga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, yurtimizda yetishtirilgan pomidor, qalampir va boshqa mahsulotlarda ham bunday virus aniqlanmagan.

Bu virus mexanik vositalar orqali osonlik bilan yuqishi sababli, har xil sirtlarda, teri va qo‘lqopda 2 soat, qattiq plastmassada 3 soat, shisha, alyuminiy va zanglamaydigan po‘latda 1 oydan ortiq saqlanadi. Epifitopiya aniqlanganda ta’siri kamayganligi sababli issiqxonalarni tozalash, o‘simlik qoldiqlarini yo‘q qilish shart. Dezinfeksiyalovchi vositalar issiqxona jismlar sirtlarini va pomidor yetishtirish uchun ishlatilgan ish qurollarini virusni zararsizlantirishda samarali foyda beradi va yo‘qotish choralari ko‘riladi. Virusni yo‘q qilish uchun plastik idishlar 90 daraja issiqlikda 5 daqiqa davomida ivitiladi.

Akram FOZILOV,

viloyat o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari.