"Prava" olib bermoqchi va ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan "shovvozlar" qo‘lga tushdi

Ular huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Jumladan, Payariq tumanida yashovchi 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro R.R. 1993 yilda tug‘ilgan E.E.ga mas’ul idoralarda faoliyat yurituvchi "qo‘li uzun tanishlari" orqali qisqa fursatda, "ortiqcha sarsongarchiliklarsiz" haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan.
U bu "xizmati" uchun 500 AQSh dollari talab qilgan va 300 dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbirlarning yana birida Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq-reanimatsiya bo‘limi ishchisi S.R. birlashma bosh shifokori o‘rinbosari L.X. yordamida fuqaro L.E. ni oilaviy poliklinikaga xo‘jalik bekasi vazifasiga ishga kiritishni va’da qilib, 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.