“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirilmaydi

Keyingi paytlarda davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning aksariyatini haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish uchun kelgan fuqarolar tashkil etmoqda.
Buning sababi o‘rganilganda "Muddati joriy yilning 1 martiga qadar, shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi", degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Aziz haydovchilar!
Bu ma’lumot mutlaqo o‘rinsiz!
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.

Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010–2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013–2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.