Prezident maktablarining asosiy qabul imtihonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilning Prezident maktablariga 22-24 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi(online)da kuzatish uchun imkoniyat yaratdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Asosiy qabul imtihonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihonlarning video-strimingini tashkil etmoqda. Barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatishlari mumkin.
Namangan, Nukus, Xorazm va Toshkent shaharlarida qabul imtihonlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan binolarda veb-kameralar o‘rnatilgan, ular o‘z navbatida onlayn tarzda kirish imtihonlarining barcha jarayonlarini ko‘rsatadi.
Sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimining yuklanishdagi tezligini ta’minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari tejaladi.