Prezident saylovi kampaniyasi boshlandi
- 23.07.2021 11:44
- 27
- Siyosat
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda yirik siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi.
Tadbirda siyosiy partiyalar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etyapti.
Unda Markaziy saylov komissiyasi 2021 yilning 24 oktyabr sanasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilandi.
Saylov kampaniyasi 23 iyuldan boshlanishi e’lon qilindi.
Prezident saylovi shu yil 8 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq, oktyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev Prezident saylovi yangilangan milliy saylov qonunchiligi, umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mos, demokratik tamoyillar asosida, ochiq va oshkora o‘tkazilishini alohida qayd etdi.