Putin BRIKS sammitiga bormasligi aytildi
- 19.07.2023 16:25
- 41
- Xorij
Vladimir Putin Yoxannesburgdagi BRIKS sammitiga bormaydi, unda Rossiya davlatini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vakil bo‘ladi, deb xabar berdi Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti idorasi.
“Rossiya Federatsiyasi tomonidan TIV rahbari Sergey Lavrov ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Sammit 22-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda mezbon yetakchidan tashqari, Xitoy, Braziliya va Hindiston rahbarlari ishtirok etadi.
Avvalroq xalqaro jinoyat sudiga murojaatida Kirill Ramafosa Putinning Yoxannesburgdagi BRIKS sammitida hibsga olinishi amalda Moskvaga urush e’lon qilinishini anglatishini aytgandi. Ma’umki agar Putin Janubiy Afrikada bo‘lsa, ushbu mamlakat rasmiylari uni hibsga olishlari va mart oyida Rossiya prezidentini hibsga olish to‘g‘risida order bergan xalqaro jinoyat sudiga topshirishlari kerak. Bu esa Ramasofa xavotir olganidek ikki mamlakat o‘rtasida urush keltirib chiqarishi mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa