Putin, Tramp va Makron Qorabog‘ bo‘yicha qo‘shma bayonot beradi

Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan qo‘shma bayonot berishadi. Bu haqda Rambler nashri xabar berdi.

27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston bir-birini o‘zaro pozitsiyalarni o‘qqa tutishda aybladi va qisman jangovar holat e’lon qildi.

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizligi Kengashining doimiy a’zolari bilan majlis o‘tkazdi. Majlis yakunidan so‘ng davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov tadbir davomida Qorabog‘dagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

“Putin yig‘ilish qatnashchilariga Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlarining Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan qo‘shma bayonoti tayyorlanayotgani to‘g‘risida ma’lum qildi”, dedi Peskov.

30 sentyabr kuni NATO Birlashgan qurolli kuchlarining Yevropadagi bosh qo‘mondoni Jeyms Stavridis Qorabog‘dagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlari kam ekanligi, u yerdagi urush Rossiya va Turkiya hududiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida fikr bildirdi.