Qarg‘alar ham anoyi emas
Paxmoq kakkular ko‘pincha qarg‘alar iniga tuxum qo‘yadi. Go‘yoki o‘zlaricha qarg‘alarni anoyi deb, beminnat enagaliklaridan foydalanishmoqchi bo‘ladi.
Ammo qarg‘alar kakkular o‘ylaganchalik laqma emas ekan. Ular tuxumdan chiqqan kakkuchalarni inidan uloqtirishmaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qarg‘a bolalarining yashovchanligi kakkuchalar bilan ancha yuqori ekan. Ma’lum bo‘lishicha, kakkuchalar yirtqich qushlar, mushuklar va boshqa inni buzuvchilarni qo‘rqitadigan hid chiqarar ekan.
Ehtiyot bo‘l – zaharli!
Amerikada Floridadan Kolumbiyagacha sayyoramizdagi eng zaharli daraxtlardan biri – Mansinello o‘sadi. Uning sharbati shunchalik zaharliki, yonganida hatto tutunidan ko‘z va nafas olish organlari kuchli zarar ko‘radi, mevasi esa o‘ldirishga qodir.
Mansinelloning bu xususiyatlarini qadimgi hindular yaxshi bilishgan va ushbu zahardan yirtqich hayvonlarga qarshi kurashda qurol sifatida foydalanishgan.
25 kilolik yong‘oq
Seyshel orollarida o‘sadigan palma yong‘og‘i 25 kilogrammgacha tosh bosadi va yillar davomida okeanda suzib yurishi mumkin.
Ilgari dengizchilar to‘lqinlar uzra bunday kokos-yong‘oqlarni topib olishganda hayron bo‘lishgan. Axir, yaqin atrofda quruqlik bo‘lmasa...
Gap shundaki, palma faqat Seyshel orollaridagi hosildor tuproqdagina o‘sadi. Ushbu daraxtni boshqa joylarda ekishga urinish barbod bo‘lgan.
T.Shomurodov tayyorladi.