Qarzdorlik uchun Payariq MIB tomonidan jarima maydoniga olingan 5 ta “BELARUS-1523” traktorlar auksionga chiqarildi
- 10.09.2024 10:00
- 470
- Samarqand

Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi ish yurtuvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor "P.A.S" MChJning hisobidan undiruvchi “Agro bank” ATB Chelak filiali foydasiga 5.4 milliard so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Xususan, ijro harakatlari davomida Bank garoviga qo‘yilgan qarzdor "P.A.S" MChJga tegishli bo‘lgan 5 dona “BELARUS-1523” rusumli traktorlari xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Byuroning Payariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi Shahzod Mahammadovga ko‘ra, oradan vaqt o‘tib bank oldidagi qarzini to‘lamagach ushbu MChJ traktorlari davlat ijrochisining qaroriga asosan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 10 daqiqa avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 2 soat avval
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim