Qarzini to‘lay olmagan fermer o‘zini otib o‘ldirdi
- 15.01.2020 09:38
- 663
- Hodisa
Mingbuloqlik fermer o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, tumandagi «A.XX.» fermer xo‘jaligi rahbari T.X. 1962 yilda tug‘ilgan boshqa fermerdan 15 ming AQSh dollari miqdorida qarz bo‘lgan.
Qarzni qaytarish imkoniyati bo‘lmaganidan tushkunlikka tushgan T.X. o‘ziga tegishli «Ij-27 Ye» rusumli vertikal shakldagi qo‘sh og‘izli ov miltig‘i qo‘ndog‘ini o‘rik daraxtiga, stvol uchini esa o‘zining yuragiga tirab, o‘ziga o‘q uzadi. Buning natijasida hodisa joyida vafot etadi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.