Qator OTMlarga o‘qishini ko‘chirish uchun o‘tish ballari e’lon qilindi
Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali — 70,56 ball etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.
➖ Badiiy akademiya tasarrufidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga xorijiy OTM, shuningdek, respublikada faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat OTM talabalari o‘qishini ko‘chirishda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish bali 70,56 ball (56 foiz) etib belgilandi.
Shuningdek, o‘qishini ko‘chirishda hozirga qadar e’lon qilingan o‘tish ballari:
➖Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi OTM uchun — 66,1 ball;
➖Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi OTM uchun — 100 ball;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball;
➖ Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
➖Navoiy davlat konchilik instituti va institutning Nukus filiali uchun — 66,1 ball;