Qaysi yoshdagi bolalarda COVID-19 ga chalinish moyilligi eng yuqori?

Voyaga yetmaganlar orasida 6-7 yoshdagi bolalar COVID-19 ga chalinishi eng yuqori moyillikda deb baholanadi.

Koronavirus infeksiyasi rivojlanish xavfi quyidagi bolalarda kuzatilishi mumkin:

➖ tana vazni kam bo‘lgan;

➖ raxit;

➖ temir tanqisligi - kamqonlik;

➖ bronxial astmadan aziyat chekuvchilar;

➖ tug‘ma yurak nuqsonlari mavjud bo‘lganlar;

➖ endokrin tizimi va siydik ajratish tizimi kasalliklarida;

➖ onkologik kasalliklarda;

➖ turli genezli immunodefitsit holatlarda.

Agar farzandingizda yuqorida keltirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, darslarni onlayn o‘zlashtirish tavsiya etiladi.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ma’lum qildi.m