Qayum Sobirov bank tizimida “Yilning eng yaxshi rahbari” sifatida e’tirof etildi

@bankirkundaligi kanalida o‘tkazilgan Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi rahbari" tanlovida Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Qayum Sobirov mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Q.Sobirov 1970 yilda Urgut tumanidagi Mingbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. “Bank ishi” bo‘yicha mutaxassis.

Ish faoliyatini 1987 yilda boshlagan. 1996 yildan buyon bank tizimida mehnat qilib kelmoqda. 2017 yil iyul oyidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

2019 yil “Sodiq xizmatlari uchun” Davlat mukofoti (medali) bilan taqdirlangan.

Q.Sobirov ijod bilan ham shug‘ullanadi. Uning qissa va hikoyalardan iborat “Otamning izlari”, “Yolg‘izoyoq yo‘l” kitoblari nashr qilingan.

Doimo bilim saviyasini va kasb mahoratini oshirishga intiladi. Zimmasidagi vazifalarni mas’uliyatni his etgan holda bajaradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tushungan holda, ularning ijrosini ta’minlashda faol ishtiroki bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.