Qidiruvga berilgan uch “zo‘ravon” yigitlarning ikkitasi ushlandi

Instagram ijtimoiy tarmog‘ining Greenrapoff nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Unda 3 nafar noma’lum shaxs jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatayotganligi aks etgan.

IIV ushbu uch yigitni qidiruvga bergani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, tezkor surishtiruv ishlarida ushbu shaxslar Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Shohjahon A. va 1999 yilda tug‘ilgan Jamshid H.lar ekanligi aniqlanib ushlangan. Videodagi holat shu yilning yanvar oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat o‘tkazilib, xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar IIOga yuborilgan.