Qirg‘iz Respublikasida 60 ming odamda COVID-19 bo‘yicha test tahlili o‘tkazilgan

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 871 nafarni tashkil etmoqda. Umumiy hisobda 12 nafar bemor vafot etgan va 614 nafar bemor sog‘aygan. Bu haqda 6 may kuni mamlakatning Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi ma’lum qildi.

“2020 yilning 6 may holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 28 nafar yangi kasallanish holati aniqlandi, ulardan to‘rt nafari tibbiy xodim. Shunday qilib bugungi kungacha mamlakatda 871 nafar koronavirus bilan kasallanganlik holati qayd etildi”, deb ma’lum qildi shtab vakili.

Shuningdek, shtab vakilining ta’kidlashicha, mamlakatda deyarli 60 ming nafar odam test tahlilidan o‘tkazilgan.