Qirg‘iziston vakillari: Shavkat Mirziyoyev yuqori darajali insonparvarlik va sharqona donolikni namoyon etmoqda
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga binoan qo‘shni Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborilgandi. Yuborilgan yuk tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot vositalari joy olgan. Koronavirusning butun dunyoga tarqalishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan og‘ir vaziyatda bizning mamlakatimiz tomonidan qirg‘iz xalqiga ko‘rsatilgan yordam birodar respublikaning jamoat faollari va ekspertlari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi, deb xabar berdi “Dunyo” IA muhbiri.
Xalqaro munosabatlar va Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi boshqarmasi rahbarlaridan biri Edil Osmonbetov shunday og‘ir sharoitda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordamni yuqori baholab quyidagilarni ta’kidladi:
- Mazkur insonparvarlik qadami shuni anglatadiki, biz bugun hududiy hamkorlikka va o‘zaro munosabatlarni musathkamlashga intilayotgan mutlaqo boshqa Markaziy Osiyoni ko‘rib turibmiz. Ushbu o‘zaro ishonch va hamjihatlik holati bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida har qachongidan ham muhim. O‘zbekiston so‘zda emas, balki amalda, umumiy birdamlik bilan mazkur global muammoni yengib o‘tishga intilmoqda.
Bugun biz o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, o‘zaro ishonch va hurmatga tayangan yangi bosqichga o‘tganiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Fikrimcha, O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordam do‘stona munosabatlarga asoslangan kelajakdagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga o‘lkan hissa qo‘shadi.
O‘z navbatida, ekspert Almaz Tadjibayev O‘zbekiston ikkala mamlakat o‘rtasida do‘stlikni va qo‘shnichilikni mustahkamlash tarafdori ekanligini yana bir bor namoyish etganligini ta’kidladi.
- Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston birinchi bo‘lib Qirg‘izistonga koronavirus bilan kurashishda zarur bo‘lgan insonparvarlik yordamini ko‘rsatdi, - ta’kidladi u. – Fursatdan foydalanib, Qirg‘iziston Respublikasi Xalqaro munosabatlar va Qirg‘iziston xavfsizligi kengashi boshqarmasi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga, O‘zbekiston hukumatiga va o‘zbek xalqiga shunday og‘ir vaziyatda chin do‘stlik va odamiylik namunasini ko‘rsatganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Siyosatshunos va jamoat arbobi Bakit Bakatayev O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi og‘a-inilik rishtalari yengilmas ekanligini ishonch bilan ta’kidladi.
- O‘zbekiston Qirg‘izistonning ko‘p asrlik hamkori, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqlab, do‘stlik qo‘lini uzatdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yuqori darajali insonparvarlik va sharqona donolikni namoyon etmoqda.
Qirg‘izistonning o‘zbek milliy-madaniy markazi rahbari Baxtiyor Qodirov O‘zbekiston tomonidan yuborilgan 17 vagon insonparvarlik yuki Qirg‘izistonda o‘lkan minnatdorchilik bilan kutib olinganini ma’lum qildi.
- Qirg‘iziston Respublikasi hukumati pandemiyani yo‘q qilish va mamlakat aholisini ham tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, - dedi u. – Mazkur vaziyatda O‘zbekiston 1000 tonna un, iste’mol mahsulotlari, bir martalik tibbiyot kombenzonlari, tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, harorat o‘lchash uskunalari va ushbu qo‘rqinchli kasallikni erta aniqlashda, oldini olishda va o‘z vaqtida chora ko‘rishda zarur bo‘ladigan COVID-19 tahlili uchun test-tizimi ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamini yuborgan birinchi do‘stona davlat bo‘ldi. “Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz!” shiorini 2019 yilda aytgan Prezident Shavkat Mirziyoyev hududdagi barcha mamlakatlar nafaqat yaqin qo‘shni, balki og‘a-ini ekanliklarini yana bir bor amalda ko‘rsatib berdi. Umumiy xavfga qarshi biz yelkama-yelka turib va bir-birimizni qo‘llagan holda kurashishimiz lozim.
Qirg‘izistonning o‘zbek milliy-madaniy markazi prezidiumi nomidan O‘zbekistonning birodar xalqiga kelgusi ishlariga rivoj, osoyishtalik va hotirjamlik tilayman.