Qirg‘izistonda ilk koronavirus holati qayd etilgandan buyon kasallanish holati bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
- 16.06.2020 16:00
- 257
- COVID-19
So‘nggi kecha-kunduzda Qirg‘iziston uchun rekord hisoblangan 87 nafar COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda 15 iyun kuni Qirg‘iziston respublikasining koronavirusga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.
“2020 yilning 15 iyun kuni respublika bo‘ylab 87 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu holat pandemiya boshlangandan buyon mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ulardan 48 nafari Bishkekda aniqlandi”, deya ta’kidladi shtab vakili.
Mamlakatda bugungi kunga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 2372 nafarga yetdi, ulardan 460 nafari tibbiyot xodimlari. Umumiy hisobda 27 nafar bemor vafot etgan va 1813 nafar bemor tuzalgan.