Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 590 nafarni tashkil etmoqda

Bu haqda 21 aprel kuni mamlakatning COVID-19ga kurashish shtabi ma’lum qildi.

“2020 yilning 21 aprel holatiga respublika bo‘ylab 22 nafar yangi kasallanganlar aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 590 nafarni tashkil etmoqda”, deya ma’lum qildi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallanganlardan umumiy hisobda 147 nafari tibbiy xodimlardir. Koronavirus oqibatida 7 kishi vafot etgan.