Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 430 nafarga yetdi
- 14.04.2020 15:52
- 107
- COVID-19

Bu haqda 14 aprel kuni COVID-19 ga qarshi kurash respublika shtabida RIA Novosti nashriga xabar berildi.
“2020 yilning 14 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 11 nafar COVID-19 infeksiyasi bilan yangi kasallanganlar qayd etildi”, ta’kidladi shtab vakili.
Bu bilan Qirg‘izistonda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 430 nafarni tashkil etmoqda. Besh nafar bemor vafot etgan, 11 nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda va 71 nafar bemor to‘liq sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, kasallanganlar bilan 7 ming nafardan ortiq inson muloqotda bo‘lgan.
Koronavirus tarqalishi oqibatida mamlakatda 15 aprelga qadar favqulodda vaziyat holati e’lon qilingan. Bir kun ilgari COVID-19 ga qarshi kurash respublika shtabi respublika Prezidenti Sooranbay Jeenbekovga favqulodda vaziyat holatini 30 aprelga qadar uzaytirishni taklif qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa