Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari 183 nafarga yetdi
- 27.04.2020 17:21
- 50
- COVID-19
Bu haqda bugun, 27 aprel kuni mamlakatning COVID-19ga qarshi kurashish respublika shtabi ma’lum qildi.
“2020 yilning 27 aprel holatiga respublika bo‘ylab 13 nafar yangi kasallanganlar aniqlandi, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 699 nafarni tashkil etmoqda”, deya ma’lum qildi shtab vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanganlarning 3 nafari tibbiy xodimlar bo‘lib, umumiy 699 nafar kasallanganlardan 183 nafari tibbiyotchilardir. Koronavirus oqibatida 8 kishi vafot etgan va 370 nafar bemor sog‘aygan.