Qirg‘izistonda qo‘lga olingan jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekistonga topshirildi - OAV
- 22.08.2020 18:10
- 472
- O‘zbekiston

Qirg‘iziston maxsus xizmati O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra, qo‘lga olingan jurnalist-frilanser Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga topshirdi. Bu haqda xorijiy OAVlarga asoslanib «Teznews» xabar berdi.
«O‘zbekiston vakolatli organining O‘zbekiston manfaatlariga qarshi og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan va qidiruvga berilgan shaxsni hibsga olish va topshirish to‘g‘risidagi so‘roviga ko‘ra Bobomurod Abdullayev hibsga olinib, O‘zbekistonga topshirildi», — deyiladi qo‘mitaning xabarida.
Ma’lumot uchun, Bobomurod Abdullayev 2018 yil martida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va amaldagi hukumatni ag‘darishga urinish kabi jinoyatlarni sodir etishda ayblangan.
Keyinchalik uning jazosi almashtirilib, sud zalidan ozod etilgandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Adab ilmida benazir inson
- 1 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 1 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 1 soat avval
- Sport
Biror bola bog‘chadan chetda qolmaydi
- Bugun, 10:54
- Jamiyat