Qirg‘izistonda sayyohlik ob’yektlari va bolalar bog‘chalari faoliyati qayta yo‘lga quyiladi

Koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan sayyohlik ob’yektlari va bolalar bog‘chalari faoliyati iyun oyidan boshlab qayta tiklanadi. Bu haqda 29 may kuni Qirg‘iziston koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili RIA Novosti nashriga xabar qildi.

“1 iyun sanasidan e’tiboran aholi iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, reklama agentliklari va turizm ob’yektlari o‘z faoliyatlarini qayta tiklaydilar”, deya ta’kidladi shtab vakili.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim ob’yektlari faoliyati 5 iyundan boshlab qayta tiklanadi.