Qirg‘izistonda so‘nggi kecha-kunduzda 132 nafar koronavirus yuqtirganlik holati qayd etildi
- 20.06.2020 20:25
- 37
- COVID-19
Qirg‘izistonda bir kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich – 132 nafarni tashkil etdi. Bu haqda respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi ma’lum qildi.
“Respublika bo‘ylab so‘nggi kecha-kunduzda 132 nafar yangi koronavirus holati qayd etildi. Ulardan 48 nafari mamlakat poytaxti Bishkekda aniqlandi”, deya ta’kidladi shtab vakili.
Shuningdek, taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, yangi kasallanganlarning 24 nafari tibbiy xodimlar.
Bugungi kunga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan umumiy kasallanganlar soni 2789 nafarni tashkil etmoqda. Jami 32 nafar bemor vafot etgan va 1961 nafar bemor tuzalgan.