Qobul aeroportidagi terakt qurbonlari soni 100 kishidan oshdi

Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga tayanib Wall Street Journal xabar berishicha, Qobul aeroportida terroristlar uyushtirgan portlashlar umumiy soni, jumladan AQSh harbiylari qurbonlari soni 100 nafardan oshdi, 1 300 kishidan ziyod jarohatlandi.

Gazetaning ta’kidlashicha, hujum oqibatida kamida 90 afg‘on fuqarosi, shuningdek Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, 13 amerikalik askar halok bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, kecha, 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida ikkita portlash, ulardan biri chet elliklar, jumladan Britaniya va AQSh fuqarolari yig‘ilgan "Baron" mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘ldi. Birinchi portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan, keyin mashina o‘rnatilgan mina portlagan.

Ommaviy axborot vositalari "IG" bayonotiga tayanib, bu guruh aeroportga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini xabar qildi. AQSh bu hujumlarda «Viloyat Xuroson»ning aloqasi bor deb hisoblaydi.

AQSh prezidenti Jo Bayden "Viloyat Xuroson" rahbarlari va nishonlariga zarba berish to‘g‘risida buyruq berdi. Va hujumda aybdorlar topilib, jazolanishiga ishontirdi.

Afg‘onistonda hukumat o‘zgarishi

Amerika kontingenti chiqib ketishi fonida «Tolibon» hujum boshladi va barcha yirik shaharlarni bosib oldi hamda yigirma yillik urush tugaganini e’lon qildi. Endi davlatni boshqarish mexanizmi masalasi hal qilinmoqda. Yangi hukumatga yaqin manbaning aytishicha, ular 12 kishidan iborat kengash bo‘ladi.

«Tolibon»ga qarshilik ko‘rsatishning yagona o‘chog‘i - Panjshir viloyati bo‘lib qolmoqda, u yerda Ahmad Ma’sud boshchiligidagi qo‘shinlar joylashgan.

Chet elliklar va ular bilan hamkorlik qilgan mahalliy aholini evakuatsiya qilish Afg‘oniston poytaxtidagi aeroport orqali davom etmoqda.