Qobuldagi qizlar maktabi yaqinidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 63 kishiga yetdi

Ma’lum qilinishi, voqea 8 may kuni tushdan keyin Qobul g‘arbida joylashgan Sayed-ul-Shuxada o‘rta maktabi yaqinida sodir bo‘lgan. O‘quvchi qizlar darslarni tugatib, maktabdan chiqib ketayotgan bo‘lgan.

Avvaliga minalangan avtomashina portlatilgan, keyin esa ikkita raketa uchirilgan.
Ushbu hujum Afg‘oniston hukumati va Qobuldagi ayrim diplomatik vakolatxonalar tomonidan terroristik harakat sifatida qoralandi.

Qobuldagi qizlar maktabi yaqinida yuz bergan bu portlashlar oqibatida 63 nafar kishi halok bo‘lgan, 150 dan ortiq kishi jarohat olgan. Ammo ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar natijasida 52 kishi halok bo‘lgan va yana 100 kishi jarohat olgan.