Qonun himoyachisi – oila bekasi

Hayotimiz tayanchi va suyanchi bo‘lgan opa-singillarimiz doimo el-yurt ardog‘ida. Ular bugun barcha jabhalarda mehnat qilishmoqda. Xotin-qizlarimizning huquqlarini himoya qilinishi, ularning oila, jamiyatda munosib o‘rin egallashlarida barcha shart-sharoit mavjud.

Respublika huquqni muhofaza qilish organlarida ham xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Soha faxri bo‘lgan ayollarimiz boshqa kasblarga nisbatan mas’uliyatli va sharafli kasbining fidoyisi sifatida jamiyatimizda qonun ustivorligini, odil sudlovni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishda faoldirlar. Shuningdek, bu qonun himoyachilari namunali oila bekasi sifatida ham boshqalarga ibrat bo‘lmoqda.

Umrini shu kasbga bag‘ishlagan fidoyi xotin-qizlar prokuratura organlarida ham katta iz qoldirishgan. Xususan, viloyat prokuraturasida ishlagan ustozlarimiz Mohira Asadova, Yevgeniya Ahmedova, Ra’no Adashbekova, Zuhra opa  va boshqalarning faoliyati biz uchun ibrat maktabidir.   

Muharram Hamroyeva,

viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori.