Qo‘shmachilik qilgan 25 yoshli ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida fohishaxona saqlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 25 yoshli X.T. o‘zi ijarada turadigan xonadonida yolg‘iz qolishni xohlovchilarga sharoit mahayyo qilib berishi aniqlangan.

Jinoyatchi mijozlardan xizmatlari uchun 50 ming so‘mdan olgan.

Hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi ( qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.