Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shquduqqa apreldan buyon suyultirilgan gaz yetkazilmayapti

Past Darg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasida yashovchi R.Rasulova tahririyatga murojaat qilib, aholiga aprel oyidan buyon suyultirilgan gaz yetkazib berilmayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ularning bu haqdagi murojaatlariga tuman gaz ta’minoti mutasaddilari e’tibor qaratmayapti. Bundan tashqari, murojaatchi to‘ldirilgan gaz ballonlari uchun belgilanganidan ortiqcha haq talab qilinayotganidan norozi.