Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotdagi sport inshootlari va sportzallar qachon ta’mirlanadi?

28 fevral kuni saytimizda “Chekka hududlarda sportga nega e’tibor sust?” sarlavhali tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Maqolada keltirilgan holat bo‘yicha Qo‘shrabot tumani hokimligi javob xati yo‘lladi.

Unda shunday deyiladi: "Tumanimizdagi sport maktabining sport zali 2004 yil bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qurilgan. Haqiqatan ham shu vaqtga qadar kapital ta’mirlanmagan. “Mehnat” futbol o‘yingohi 1978-1983 yillarda hashar yo‘li bilan qurilgan bo‘lib, oxirgi marta 2004 yilda ta’mirlangan.

Ikkala sport inshootini kapital ta’mirlash uchun o‘tgan yillarda uch marta davlat dasturiga kiritish bo‘yicha taklif berilgan.

48-umumta’lim maktab sport zali 2020 yil kapital ta’mirlangan. Ushbu maktabga 2017-2021 yillar mobaynida sport jihozlari berilgan. 85-umumta’lim maktabiga sport zal qurish loyihasi 2022 yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining birinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan. Ushbu sport zali qurilishi shu oy - martda yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshiriladi.

Qo‘shrabot tumani sport maktabi inshootlarini ta’mirlash bo‘yicha loyihani 2024 yil davlat dasturiga kiritish taklifi berilgan, shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yil birinchi mavsumiga sport zalni qayta ta’mirlash loyihasi qo‘yilgan.