Qo‘shrabotda 753 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxslar aniqlandi
- 24.01.2024 10:54
- 422
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro B.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda toshlarni qazib olish, qayta ishlash va sotish faoliyatini amalga oshirish uchun hech qanday hujjatsiz elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib olib, jami 753 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 44 daqiqa avval
- Dolzarb