Qo‘shrabotda gaz portlashi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi halok bo‘ldi

Qo‘shrabot tumanidagi uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 22 oktyabr kuni soat taxminan 05:52 larda Qo‘shrabot tumani “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini G‘ofur G‘ulom ko‘chasidagi ikki qavatli uylardan birining ikkinchi qavatida ro‘y bergan.
Ushbu xonadonda yashagan 4 nafar fuqaro tabiiy gazdan zaharlanish va uyda kelib chiqqan yong‘in oqibatida kuyish tan jarohatlari bilan halok bo‘lgan.
Hodisa Bosh prokuratura axborot xizmati tomonidan tasdiqlangan va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.