Qo‘shrabotda tomchilatib sug‘orish orqali Gollandiyadan keltirilgan kartoshka urug‘lari yetishtirilmoqda
- 18.08.2020 09:50
- 257
- Iqtisodiyot

Qo‘shrabot tumanida “Oqmachit super elita” klasteriga ajratilgan 170 gektar yer maydonining 22 gektariga 80 tonna kartoshka urug‘lari qadaldi. Ekilgan 4 xil navli elita urug‘lardan 80 kunda “R-1” urug‘lik kartoshkalari olinadi. Tomchilatib sug‘orish orqali parvarishlanayotgan bu kartoshka urug‘lari yetilgach, fermer xo‘jaliklarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan.
- Urug‘lar Gollandiyadan keltirilgan, - deydi klaster rahbari Elyor To‘raboyev. – Buning uchun 1,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Mablag‘ning 968 million so‘mi “Agrobank” tuman filiali krediti, qolgani esa o‘z hisobimizdan. Gektaridan 30-40 tonnagacha hosil olishni rejalashtirganmiz.
To‘lqin Siddiqov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- 06/06, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa