Qo‘shrabotda turklar granit, hindlar kvars qazib olishga ko‘maklashadi
Loyihalar uchun 2 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi.
Tuman hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Qo‘shrabotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan sanoat yo‘nalishida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, hindistonlik investorlar bilan “EDIFCE ELITE” MChJ xorijiy korxonasi tashkil etilgan. Korxona tomonidan 1 million dollarlik granit toshlarini qazib olish va qayta ishlash loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shuningdek, turkiyalik potensial investorlar bilan hamkorlikda “BOZTOSH BETON” MChJ tashkil etilgan. Korxona tomonidan kvars toshlarini qazib olish va qayta ishlash loyihasi asosida 1 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilishi belgilangan.
Loyihaning birinchi bosqichida - 2020 yilda 600 ming dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Joriy yilda 400 ming dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, 11 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Loyihalar negizida tumanga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi bilan bir qatorda sanoat ishlab chiqarish hajmlari ham sezilarli oshishi ko‘zda tutilgan.