Qozog‘istonda COVID-19 qariyalar uyida ham tarqalgani ma’lum bo‘ldi
- 09.04.2020 17:11
- 135
- Xorij
9 aprel kuni Qozog‘istonning Akmola viloyatida 13 nafar yangi kasalanish holati qayd etildi. Kasallanganlarning barchasi maxsus ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi (qariyalar uyi)da yashovchilar, deb xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.
Oldinroq Akmola viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Sulen Ilyasov 2 aprel kuni vafot etgan, 1947 yilda tug‘ilgan fuqaro qariyalar uyi yashovchisi bo‘lganligi to‘g‘risida xabar bergandi. Oradan bir necha kun o‘tganidan so‘ng u yerda istiqomat qiluvchi yana bir nafar 91 yoshli ayol vafot etdi.
“COVID-19 tahlili ijobiy bo‘lgan 13 nafar yangi kasallanish holati aniqlandi. Barcha bemorlar maxsus ijtimoiy xizmat foydalanuvchilari uyida. Bemorlarning eng yoshi ulug‘i 99 yoshda”, deyilgan xabarda.
Bugungi kungacha Qozog‘istonda 759 nafar kasallanish holati qayd etilgan, ulardan yetti nafari vafot etgan.