Qrimda qolib ketgan Ukraina qiruvchi samolyotlari taqdiri nima bo‘ladi?
2014 yildan Qrimda qolgan Ukraina havo kuchlariga tegishli bo‘lgan MiG-29 harbiy qiruvchi samolyotlari taqdirining muammosi bugun Rossiyada kun tartibiga chiqdi.
Shuningdek, yarimoroldagi Belbek harbiy bazaning dengiz hududida Ukraina Harbiy Dengiz flotiga qarashli o‘nlab kemalar ham qolib ketgan.
Uzoq vaqtdan beri foydalanilmagani va ta’mirlanmagani uchun samolyotlar allaqachon yaroqsiz holga kelgan bo‘lishi mumkinligi aytilayapti. Samolyotlar 5 yildan beri bazada turibdi va Rossiya harbiylari ularni faqat yong‘in xavfsizligi uchun qo‘riqlab turibdilar xolos. Sevastopol shahridan Davlat Dumasiga saylangan deputat Belikning ma’lum qilishicha, besh yildan beri samolyotlar metallari karroziyaga uchrab, motor va boshqa qismlari ham allaqachon yaroqsiz holga kelib bo‘lgan. Shuning uchun ularni ta’mirlashdan ko‘ra shunchaki metallomga topshirib yuborish ancha arzonga tushadi. "Hatto ulardan Rossiya harbiy samolyotlari uchun ehtiyot qism sifatida ham foydalanib bo‘lmaydi" deydi Belik.
Qolaversa, Rossiya yildan-yil o‘z HHK tegishli samolyotlar parkini yangilab borayotgani tufayli o‘sha eski samolyotlar harbiy qurilma sifatida Rossiyaga kerak emas.