Qulagan ko‘p qavatli uy ostidan tirik qolganlar topilishiga umid bor

AQShning Serfsayd shahridagi turar-joy binosi qulagan joyda Florida shtatining ikki yuzdan ortiq odamlari, shuningdek, Meksika va Isroilning qidiruv tizimlari tunu kun ishlamoqda.

Qutqaruvchilar aytishicha, tirik qolganlarni topishda hali ham umid bor. O‘tgan payshanba kuni yuz bergan fojia oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. 150 dan ortiq kishining taqdiri noma’lum qolmoqda. Favqulodda vaziyat sababi tekshirilmoqda.

Vayronalar ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarning qarindosh va yaqinlari atrofda jihozlangan maxsus markazda kutishmoqda. Fojia sodir bo‘lgan joyda ular allaqachon yo‘qolganlar fotosuratlaridan tashkil topgan memorial o‘rnatishgan. Garchi so‘nggi kunlarda qutqarilganlar bo‘lmasa-da, yaqin atrofda donorlik qon yig‘ish punkti ochildi.