Qurbonlar soni oshmoqda: Janubiy Koreyada qutqaruvchilar suv bosgan tunneldan yana 13 kishining jasadini topishdi

685 metr uzunlikdagi tunnelda 20 ga yaqin mashina qolib ketgan, qancha odam borligi noma’lum.

Bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘ir Janubiy Koreyaning katta qismida suv toshqini, ko‘chki va elektr ta’minotidagi uzilishlarga sabab bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 39 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi bedarak yo‘qolgan, 34 kishi jarohatlangan.

Shimoliy Chxondju markaziy provinsiyasining Osan shahridagi tunnel yaqinidagi daryo qirg‘oqlaridan toshib chiqib, tunnelni bir zumda to‘ldirgan, haydovchi va yo‘lovchilar qochish ulgurmagan.

Shanba kuni to‘qqiz kishi qutqarib olingan, qolganlarning taqdiri hozircha noma’lum.

Shimoliy Kyonsanda ko‘chki uylarni butunlay bosgan. Minglab odamlar evakuatsiya qilingan.

Mamlakat bo‘ylab temir yo‘l qatnovi va ayrim avtotrassalar to‘xtatilgan.

Koreya meteorologiya boshqarmasi yog‘ingarchilik ko‘payishini bashorat qilmoqda va xavf-xatarlar haqida ogohlantirmoqda.