Qurilish tashkilotlari rahbarlari ogohlantirildi

21 sentyabr kuni Zarnews.uz sayti va telegram kanalida “Sartepadagi uylarning ta’miri nega oxiriga yetkazilmagan?” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi.

Mazkur maqolaga Samarqand viloyat hokimligi qoshidagi injiniring kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Komil Hamidov quyidagicha munosabat bildirdi:

Sartepa hududidagi Sheroziy mahallasida joylashgan 22, 23 va 158-uylarning ta’miriga mas’ul bo‘lgan “Sroj plast” MChJ, “Yangiqo‘rg‘on Dilshodbek” XK, “Alisher TUR” MChJ rahbarlari ogohlantirildi. Qurilish ishlarini yakunlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ob’yektlarni tez kunlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sheroziy mahallasidagi 22-uyning tom qismini hashar yo‘li bilan ta’mirlash ishlari tugatildi.

Shuningdek, “Bog‘i Temur” hamda “Yunusobod kommunal Sitora servis” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga qarashli uylardagi ta’mirlash ishlari ham yuqoridagi qurilish korxonalari tomonidan amalga oshirilganligi uchun rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tushuntirilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.