Registondagi 3D lazerli shou har kuni namoyish etiladi

Viloyat hokimi E.Turdimov tomonidan joriy yil 4-mart kuni tasdiqlangan “Samarqand viloyati sayyohlik salohiyatini oshirish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da Samarqand viloyatida muntazam ravishda o‘tkaziladigan festival, sayil va boshqa tadbirlar belgilandi.

Jumladan, Samarqand shahriga tashrif buyurgan sayohlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Registon maydonidagi 3D lazerli shousi endilikda har kuni namoyish etiladi.

Mart, noyabr va dekabr oylarida “Uloq-ko‘pkari” o‘yinlari, 7 sentyabrda “Kishmish” festivali o‘tkaziladi.

  Bundan tashqari, har bir tumanda o‘tkaziladigan sayillar va ularning aniq sanalari belgilandi.

Xususan, 7-mart kuni Urgut tumanida milliy taomlar sayli, 14-mart kuni Samarqand tumanidagi Nodirdevonbegi madrasasida sumalak sayli, 15-martda Tayloq tumanida bahor taomlari ko‘rigi, 22-mart kuni Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘ida kurash bellashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.