Reklama sohasida iste’molchilar huquqlari himoya qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyat hokimining 2020 yil 29 fevraldagi 31-Q-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda shahar va tuman hokimliklariga maxsus ishchi guruhlar tuzgan holda barcha turdagi tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalari bo‘yicha joylashtirilgan tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarining) ushbu qaror talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish belgilandi. Bulardan tashqari, qaror qabul qilingunga qadar qalbakilashtirilgan hujjatlardan foydalanilgan tashqi reklama ob’yektlariga (konstruksiyalariga) olingan pasportlar, guvohnomalar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar, shuningdek, tegishli vakolatli organning qarorisiz o‘rnatilgan tashqi reklama ob’yektlari (konstruksiyalari) bo‘yicha hujjatlarni o‘n kalendar kun ichida bekor qilinishi, tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun pasportlari, guvohnomalari, sertifikatlari, ruxsatnomalari va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlarni bekor qilingan yoki ushbu hujjatlar mavjud bo‘lmagan (ruxsatsiz o‘rnatilgan) tashqi reklama ob’yektlarni (konstruksiyalarini) o‘ttiz kun ichida demontaj qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi, tashqi reklama ob’yektlari (konstruksiyalari) egalariga ushbu qaror talablariga javob bermaydigan holatlarni ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab olti oy ichida bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilishini ta’minlash belgilab berilgan.

Jumladan, Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida 3x6 o‘lchamdagi tashqi reklama vositalari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan o‘rnatilgan. Piyodalar o‘tish yo‘lakchalarida, troutarlarda, yo‘l qatnov qismining asosiy qismiga ko‘p holatlarda tashqi reklama vositalarining o‘tib ketganligi va shunga o‘xshash bir qancha holatlar mavjud.

Qarorda yuqorida keltirib o‘tilgan holatlarning barchasini bartaraf qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning hal qilinishi bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda reklama sohasida ijobiy natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.

Akbar XUDOYQULOV,

viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi boshlig‘i.