Respublikachilar partiyasi vakili Trampni hukumatni topshirish jarayonini boshlashga chaqirdi

Amerikaning Alyaska shtati respublikachi senatori Liza Murkovski mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga vakolatlarni Jo Baydenga o‘tkazishni boshlashni maslahat berdi. Bu haqda 23 noyabr kuni Radio Sputnik agentligi xabar qildi.

“Hukumatni rasman va to‘liq topshirish jarayonini boshlash vaqti keldi”, deb yozdi Murkovski o‘zining Tvitter sahifasida.

Uning fikriga ko‘ra, Tramp saylov natijalarini qayta hisoblatish imkoniyatiga ega edi. Biroq sudlar uning da’volarini shu vaqtgacha inobatga olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentligi uchun saylovlar 3 noyabr kuni o‘tkazildi. Saylovlarda respublikachilar partiyasidan Donald Tramp va demokratlar patiyasidan Jo Bayden ishtirok etdi. AQSh OAV raqamlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozondi. Lekin rasmiy natija hali e’lon qilingani yo‘q.