Rossiya AQSh harbiy dengiz kuchlari aviatashuvchilariga tahdid solmoqda
Rossiya va Xitoyning yangi raketalari AQSh aviatashuvchilariga "haqiqiy xavf" tug‘dirishi mumkin, deb yozdi Business Insider nashri.
2020 yil dekabr oyida Rossiya tezligi sakkiz maxga yetadigan "Sirkon" gipertovushli qanotli raketasini uchinchi bor sinovdan o‘tkazdi. Yozda esa Xitoy Janubiy Xitoy dengizida ikkita ballistik raketa uchirdi. Mahalliy mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu - Pekinning kemalarga qarshi uzoq masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalari sinovining birinchi mashhur namoyishi bo‘ldi.
«O‘tkazilgan sinovlar - ko‘p vaqtdan beri o‘zini «dengiz hukmdori» hisoblab kelgan AQSh aviatashuvchilariga nisbatan tahdid solinayotganining isbotidir», deyiladi nashrda.
Maqolada ta’kidlanganidek, «sovuq urush» tugashi va Sovet Ittifoqi qulashi bilan Amerika aviatashuvchilarining ustunligi yana ham kafolatlangandek bo‘ldi. Chunki 1990 yillardan beri Amerika Qo‘shma Shtatlari tortilgan mojarolarda aviatashuvchi guruhlar muhim rol o‘ynar edi. Biroq muallifning so‘zlariga ko‘ra, ziddiyat o‘tgach, o‘rnatilgan "tartib" asta-sekin e’tirozlarga sabab bo‘la boshladi.
Gipertovushli raketalarning o‘ta tezligi raketaga qarshi mudofaa samarasini yo‘qqa chiqarishi aviatashuvchilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Shuningdek, raketa parvoz yo‘lini tezlik bilan o‘zgartirish qobiliyati ularni qaytarishga deyarli imkon qoldirmaydi.
Xullas, "Rossiya va Xitoyda kemalarga qarshi yangi qurollarining haqiqiy imkoniyatlari hali noma’lum. Ammo yaqinda o‘tkazilgan sinovlar AQSh harbiy-dengiz kuchlarining aviatashuvchilari tez orada o‘zlarining ustunligini yo‘qotishini isbotlamoqda", deya xulosa qiladi muallif.
G.Xoldorova tayyorladi.