Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish soddalashtirildi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini olish to‘g‘risidagi federal qonun kuchga kirdi. Yangi qonunga binoan Rossiya fuqaroligini olishni istagan shaxs birinchi fuqaroligidan voz kechishi, shuningdek, ilgari talab etiladiganidek, Rossiya hududida uzoq mudat yashashi shart emas. Bu haqda 24 iyul kuni RIA Novosti nashri ma’lum qildi.
Endi fuqaroligi yo‘q va sobiq ittifoq mamlakatlari fuqarosi bo‘lgan shaxslar Rossiya pasportini olgunlariga qadar uch yil davomida Rossiya hududida yashashlari va qonuniy darmodi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etishlari shart emas. Mazkur qonun ota-onalarining biri Rossiya fuqarosi bo‘lgan xorij fuqarolari yoki rossiyalik bilan turmush qurgan fuqarolar uchun ham taalluqli.
Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Moldaviya fuqarolari uchun faqatgina yashash huquqi to‘g‘risidagi hujjatning o‘zi kifoya qiladi.
Shuningdek, Rossiya OTMni bitirgan talabalar uchun ham mamlakat fuqaroligini olish uchun yengilliklar yaratildi. Unga ko‘ra, bitiruvchilar mamlakatda ilgarigidek uch yil emas, bir yil faoliyat yuritsa, Rossiya pasportini olishlari mumkin.