Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha saylovlar 1 iyul sanasiga belgilandi
- 02.06.2020 21:15
- 27
- Xorij
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi masalasi bo‘yicha o‘tkaziladigan saylovlar 1 iyul sanasida o‘tkazilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Davlat rahbari fuqarolarni saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
“Asosiy qonunimiz yurtimiz hayotini, bizning hayotimizni va farzandlarimiz hayotini belgilaydi”, deya ta’kidladi Rossiya yetakchisi.
Shu bilan birga Putin tegishli mas’ul idoralarga saylovchilarning xavfsizligini to‘liq ta’minlash to‘g‘risida topshiriqlar berdi.
Rossiya Davlat Dumasining davlat qurilishi va qonunchilik masalalari qo‘mitasi rahbari Pavel Krasheninnikov, fuqarolar 25 iyundan 1 iyul sanasiga qadar saylovlarda qatnashishlari mumkinligiga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov natijalari 1 iyul kuni hisob-kitob qilinadi.