Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ittifoq AQShga ulkan xavf tug‘diradi
Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi AQSh uchun o‘lkan xavf tug‘diradi. Bu haqda National Interest jurnali mutaxassisi Dug Bendou fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qudratli armiyaga ega, Xitoy esa kuchli iqtisodga. Bendou AQSh tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etgan sanksiyalari Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqinlashish jarayonini tezlashtirib yuborganiga ishonch bildirdi.
“Endilikda Amerikaning so‘zsiz ustunligi tarafdorlari ham, dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti va dunyoning ikkinchi kuchli armiyasi o‘rtasidagi hamkorlikdan asabiylashmoqda”, deb yozmoqda mutaxassis.
Joriy yilning fevral oyida Amerika byudjetining 2021 moliyaviy yil loyihasida Rossiya va Xitoy AQSh uchun eng asosiy xavf sifatida e’tirof etilgan edi. Rossiyaga qarshi turish uchun Oq uy 700 million dollar ajratilishini taklif qildi. Ushbu mablag‘ AQShning Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi ittifoqdoshlarini qo‘llab-quvvatlashga va umumiy xavfsizlikni ta’minlashga sarflanadi. Qo‘shimcha 24 million dollar “Rossiya propagandasi va yolg‘on axborotlariga” qarshi kurashish uchun sarflanishi rejalashtirilmoqda.